Ochiq murojaat: Haydovchi, belgilangan jarimani o‘z vaqtida to‘lang yoki avtomobilingiz «dam oladi»

Jamiyat 20:00 / 20.02.2019 29695

Toshkent viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ravishda ishlab turibdi. 

Joriy yilning 20 fevral holatiga belgilangan tezlikka rioya etmagan haydovchilar soni 3985 nafarga yetganligi qayd etildi.

Ushbu 3985 ming nafar, o‘z vaqtida jarimalarni to‘lamayotgan avtotransport egalari viloyatlar kesimida tahlil qilindi.

Bunda, Toshkent shahridan 1462 ta, Sirdaryo viloyatidan 196 ta, Jizzax viloyatidan 208 ta, Samarqand viloyatidan 350 ta, Farg‘ona viloyatidan 80 ta, Namangan viloyatidan 77 ta, Andijon viloyatidan 68 ta, Qashqadaryo viloyatidan         261 ta, Surxondaryo viloyatidan 144 ta, Buxoro viloyatidan 95 ta, Navoiy viloyatidan 44 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 22 ta va Toshkent viloyatidan 941 ta avtomobil egalari tomonidan belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarliklari sodir etgan.

O‘z navbatida, viloyatning 941 avtomobil egasidan qanchasi o‘z vaqtida belgilangan jarimani to‘laydi, qanchasining avtomobili jarima maydonchasida “dam oladi” buni Toshkent viloyati YHXB keyinroq ma'lum qiladi. Hozirda YHXB jarima maydonchasiga qo‘yilishi kutilayotgan avtomobil egalarini qayta ogohlantirdi va “ov” boshlanganligini ma'lum qildi.

Misol uchun, Bo‘stonliq tumanida ro‘yxatda turuvchi A.E.ga tegishli bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomobil 202 ming 730 so‘m qarzdorligi uchun;

Zangiota tumanida ro‘yxatda turuvchi B.S.ga tegishli bo‘lgan “Neksiya 3” rusumli avtomobil 1 million 13 ming 650 so‘m qarzdorligi uchun;

Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatda turuvchi A.M.ga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomobil 202 ming 730 so‘m qarzdorligi uchun;

Chinoz tumanida ro‘yxatda turuvchi Yo.X.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomobil 202 ming 730 so‘m qarzdorligi uchun;

Yangiyo‘l tumanida ro‘yxatda turuvchi N.Z.ga tegishi bo‘lgan “Spark” rusumli avtomobil 202 ming 730 so‘m qarzdorligi uchun va Angren shahridagi 47, Bekobod tumanidagi 8, Bekobod shahridagi 4, Bo‘ka tumanidagi 14, Bo‘stonliq tumanidagi 32, Zangiota tumanidagi 149, Qibray tumanidagi 46, Quyichirchiq tumanidagi 29, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 28, Olmaliq shahridagi 26, Ohangaron tuman va shahridagi 54, Parkent tumanidagi 88, Piskent tumanidagi 15, Toshkent tumanidagi 15, O‘rtachirchiq tumanidagi 47, Chinoz tumanidagi 80, Chirchiq shahridagi 44, Yuqorichirchiq tumanidagi 63, Yangiyo‘l tumani va shahridagi 166 nafar boshqa haydovchilar avtomobilda ishga ketayotganda, o‘z yaqinlaringiz yoki farzandlaringiz bilan dam olishga ketayotgan vaqtda avtomobilsiz qolish, oila davrasida bo‘lsangiz eshik taqillab “jarimani to‘lamabsiz” deyishsa, yoqadimi?!

Belgilangan 60 kunlik muddat o‘tib, jarimani to‘lamasdan yurgan haydovchilar boshqaruvidagi avtomobillar davlat raqam belgilari hozirda ishlab turgan “AUTO CON” maxsus moslamasi xotirasiga kiritilgan, bundan tashqari, ro‘yxat asosida uyma-uy yurilib maxsus tadbir o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: