Neymar ikki kun yig‘laganini tan oldi

Sport 21:58 / 20.02.2019 12444

«Pari Sen-Jyermen» klubi hujumchisi Neymar jarohat olganidan so‘ng qattiq iztirob chekkanini aytib berdi.

27 yoshli braziliyalik eski jarohatini yangilaganidan so‘ng, qattiq yig‘laganini tan oldi.

«O‘tgan yili jarohat olganimda, bunday qattiq iztirob chekmagan edim. Hozir esa buni hazm qilishim juda og‘ir kechmoqda. Jarohatimni yangilab olganimdan so‘ng, 2 kun tinmasdan yig‘ladim», – deb Neymar so‘zlarini keltirmoqda Globo Esporte.

Eslatib o‘tamiz, Neymar og‘ir jarohatdan qutulish uchun aprel oyigacha davolanishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: