Meksikaning bir shahrida yarim kun ichida 11 kishi o‘ldirib ketildi

Jahon 08:25 / 20.02.2019 8564

Meksikaning shimolidagi Monterrey shahrida 12 soat ichida kamida 11 kishi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Excelsior portali xabar berdi.

Qotilliklar shaharning turli tumanlari va uning atrofidagi hududlarda sodir etilgan. Migel Aleman nomidagi yo‘lda 4 kishi otib ketilgan. Qolgan holatlarda politsiya uch, ikki va bir jasadni aniqlagan.

Monterrey shahri joylashgan Nuevo-Leon shtati narkomafiya, jumladan AQShga giyohvand moddalar yetkazish uchun raqobat qiluvchi yirik “Los-Setas” va “Ko‘rfaz” to‘dalari faoliyati sababli notinch hisoblanadi. 

Oxirgi yillarda Meksikada asosan narkokartellar qarama-qarshiligi tufayli kelib chiqqan zo‘ravonlik avj olgan. 2018 yilda mamlakatda rekord sondagi qotillik qayd qilingan – xavfsizlik vazirligi 33,34 mingdan ko‘proq shunday holat haqida xabar qilgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yildagi antirekordni (31,2 mingta qotillik) yangilagan.   

 

Ko‘proq yangiliklar: