Kim Chen In Tramp bilan uchrashuvga 3 kunlik yo‘l bosib o‘tadi

Jahon 19:49 / 20.02.2019 9400

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In keyingi haftada Vetnamga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani keladi. Uning Xanoyga safari deyarli 3 kun davom etadi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi. 

Kim Chen In safari davomida Xitoy bo‘ylab poyezdda ming kilometr yo‘l bosishiga to‘g‘ri keladi. Vetnam bilan chegarada u poyezddan mashinaga o‘tirib, yana 170 km yo‘l yurishiga to‘g‘ri keladi.

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi 27-28 fevralda bo‘lib o‘tadi. Ikki yetakchining tarixiy ilk uchrashuvi 2018 yil iyunda Singapurda bo‘lib o‘tgandi. O‘sha uchrashuv natijalariga ko‘ra AQSh Shimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolatini beradigan, Shimoliy Koreya esa Koreya yarimorolini yadroviysizlash majburiyatini zimmasiga oladigan qo‘shma hujjat imzolangan. 

Ta'kidlanishicha, poyezdda sayr qilish Kim sulolasining sevimli mashg‘uloti hisoblanadi. Kim Chen Inning bobosi Kim Chen Ir va otasi Kim Ir Sen ham o‘z vaqtida shunday sayr qilishgan.

“Kim Chen Ir odamoviroq bo‘lgan. U xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni va xorijga safar qilishni yoqtirmasdi. Biroq Kim Chen In otasi Kim Ir Senga o‘xshaydi. U xorijiy safarlarni juda yaxshi ko‘radi”, deb aytgan Shimoliy Koreyaning Britaniyadagi elchisining sobiq o‘rinbosari va 2016 yilda Janubiy Koreyaga qochib ketgan Txe Yen Xo.  

Ko‘proq yangiliklar: