Hukumat tomonidan «Har bir oila tadbirkor» dasturi doirasida Jahon bankining qo‘shimcha investitsiya mablag‘lari jalb qilindi

O‘zbekiston 16:53 / 20.02.2019 6865

Joriy yilning 13-15 fevral kunlari Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida «Farg‘ona vodiysida tadbirkorlikni rivojlantirish» loyihasi doirasida qarz bitimini imzolash bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida Jahon bankining200 mln. AQSh dollari qiymatidagi mablag‘lari jalb qilindi.

Delegatsiyaga Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Bosh direktori Shoxrux Shoaxmedov boshchilik qildi, Jahon banki tomonidan Bank delegatsiyasi boshlig‘i, ishchi guruhi rahbari Melisa Braun qatnashdi.

Uchrashuv yakunida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ushbu loyiha vodiy viloyatlarida o‘rta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasi, oziq-ovqat ta'minoti, milliy hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish, turizm va kichik ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Loyiha 2019-2025 yillarda Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

«Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi
loyihalarni amalga oshirish agentligi» matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: