General-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Bosh shtabi boshlig‘i bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston 11:13 / 20.02.2019 16909

Bugun, 20 fevral kuni, Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ikki tomonlama uchrashuv doirasida mintaqada xavfsizlikni ta'minlash, mamlakatlararo harbiy va harbiy texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda harbiy ta'lim sohasida maqsadli aloqalarni yuqori pog‘onaga ko‘tarish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 21 fevral kuni, Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlarining navbatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari TseNTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: