Dehqonobodda YTH: Bir mashina ikkinchisining ustiga chiqib ketdi

Jamiyat 20:55 / 20.02.2019 21831

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Xabar.uz xabariga ko‘ra, tumandagi Oqrabot qishlog‘ida ikkita «Neksiya» rusumli avtomobil to‘qnashib ketgan. 

Hozircha mazkur YTHga nima sabab bo‘lgani va jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q. Taxmin qilinishicha, hodisaga hududda yog‘gan qor sabab bo‘lgan.

Manba xabarida ko‘rsatilishicha, avariyaga yaqin hududda «Isuzu» rusumli yuk avtomobili ham qorga botib qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: