Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi: «32 ming xodimning maoshida kechikish bo‘lgani rost, ammo u bartaraf qilinadi»

O‘zbekiston 14:41 / 20.02.2019 6670

Bugun, 20 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi press-hollida «O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari qurilishi: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi turli tashkilotlarda ishlovchi 32 mingga yaqin xodimga deyarli uch oydan beri maosh berilmagani haqida tarqalgan xabarlarga izoh so‘radi. Bu savolga qo‘mita raisi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov shunday javob berdi:

– Maoshlarda kechikish bo‘lgani rost, ammo u bartaraf qilindi va qilinmoqda. Bugun ham Toshkent viloyati bo‘yicha ish haqlarini ajratdik. Bunday holat yuzaga kelishining obektiv sabablari bor edi – Respublika yo‘l jamg‘armasi tugatildi, sohaga oid barcha tashkilotlar Transport vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Bizning qo‘mitamizda ham yil boshidan tuzilib tasdiqlanishi, shu asosda mablag‘lar ajratilishi kerak bo‘lgan smeta 25 yanvarga qadar cho‘zilib ketdi. Shu bois, uch oy emas, bir oy atrofida uzilishlar yuzaga keldi va bu bartaraf qilinmoqda. Kelajakda, yil davomida bunday holatlar qaytarilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: