AQShda Nikaraguadagi tuzum “poyoniga yetgani” e'lon qilindi 

Jahon 22:25 / 20.02.2019 6747

AQShda Nikaragua prezidenti Daniel Ortega hokimiyati yaqinda poyoniga yetadi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton tvitterda yozdi.

“Ortega tuzumi fermerlarning 3 yetakchisini Ortega politsiya kuchlari 300 faolni o‘ldirgan 2018 yildagi noroziliklardagi roli uchun 550 yillik qamoq jazosiga hukm qildi”, deyilgan xabarda. Boltonning ta'kidlashicha, Nikaragua prezidentining “kuni bitdi va yaqinda xalq ozod bo‘ladi”.

2018 yil iyulda AQSh Nikaraguaga “demokratiya qaytishi uchun” bu davlatdagi vaziyatga ta'sir qilish variantlarini ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilingandi. Bunda harbiy aralashuv imkoniyati qaralmayotgani ma'lum qilingan.

2018 yil yozida Nikaraguada ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi islohotlar sababli hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari yuz bergan. Noroziliklar islohotlar to‘xtatilgandan keyin ham to‘xtamagan.

Ko‘proq yangiliklar: