11-17 mart kunlari Hashar Week loyihasi o‘tkaziladi

Jamiyat 15:26 / 20.02.2019 4757

Joriy yilning 11-17 mart kunlari Toshkent shahrida Hashar Week ijtimoiy loyihasi amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

The K'orôbe London boshqaruvchi direktori, xalqaro siyosiy maslahatchi Suna Park ishlab chiqqan Hashar Week loyihasiga ko‘ra, u keng jamoatchilik e'tiborini havoning ifloslanishi, ekologiya va chiqindi bilan bog‘liq muammolarga qaratish uchun xizmat qiladi. 

«Maishiy chiqindilarning paydo bo‘lishi va ularning samarali yo‘q qilish ishlarida aholining individual mas'uliyatini oshirish maqsadida loyiha odamlarning ongini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, loyiha an'anaviy hashar ishlarini ijobiy talqin etib, ommalashtirishga qaratilgan», – deyiladi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarqatgan xabarda.

Tashkilotchilar loyihani amalga oshirish orqali chiqindilarni saralash tizimini rivojlantirish va ommalashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: