Tramp Venesuela harbiylarini ogohlantirdi

Jahon 08:24 / 19.02.2019 15847

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuelada hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘zgarishi tarafdori, lekin «barcha variantlar» ham istisno etilmaydi. Uning chiqishi CNN telekanali tomonidan translatsiya qilindi.

Ta'kidlanishicha, davlat rahbari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha amaldorlar va harbiy xizmatchilarga murojaat bilan chiqqan.

«Sizlar Guaydoning amnistiya to‘g‘risidagi saxiy taklifini qabul qilib, o‘z oilangiz bilan tinch yashashingiz mumkin», - dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar ular bundan keyin Maduroni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirsa, «oson yechim» va «xavfsiz boshpana» haqida o‘ylamasliklari ham mumkin, sababi ular «hamma narsani yo‘qotadi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh venesuelalik generallar muxolifat bilan maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida bayonot bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: