Toshkentda hovli olib berish bahonasida 160 ming dollarga «uxlatgan» shaxs ushlandi

Jamiyat 14:02 / 19.02.2019 7090

2018 yil fevral oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi Z.Sh. Olmazor tumanidagi “Olmazor” restorani oldida tanishi B.I.ga Mirzo Ulug‘bek tumanidan hovli joy olib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 160 000 AQSh dollarini olgan va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Z.Sh. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: