Qirg‘izistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Har bir fuqaro 19ta savolga javob qaytaradi

Jahon 19:54 / 19.02.2019 4688

Qirg‘izistonda aholini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan shakl-varaqaga 19ta savol kiritildi. Bu haqda Qirg‘iziston statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Koshoy Isaliyev ma'lum qildi.

Uning ma'lumot berishicha, aholini ro‘yxatga olish vaqtida fuqarolar varaqadagi savollarga javob qaytarishni rad etish huquqiga ega bo‘lmaydi.

«Ularda shaxsiy tusdagi savollar bo‘lmaydi. Savollar demografiya, etnik kelib chiqishi, bandlik, daromad shakli va manbalariga oid bo‘ladi. BMTning Qirg‘izistondagi vakolatxonasi so‘rovi bilan qarindoshlarning pul o‘tkazmalari haqidagi savol kiritilgan. Doimiy yashash joyi, ro‘yxatga olish vaqtidagi yashash joyi haqida savollar qo‘shilgan», — dedi Koshoy Isaliyev.

Savollar ro‘yxati sinov sifatida To‘qmoq shahrida o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish natijalaridan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin. Shaharda aholini ro‘yxatga olish shu yilning 25 martida boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. So‘nggi bor aholini ro‘yxatga olish sobiq SSSR davrida – 1989 yilda o‘tkazilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: