Poroshenko Rossiyani SSSRning «ikkinchi versiyasi»ni yaratishga urinishda aybladi

Jahon 08:43 / 19.02.2019 21963

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya tomonini «Ukraina davlatchiligini yo‘q qilib tashlashga» urinishda aybladi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Poroshenko Yevropa Kengashiga rahbarlik qilayotgan Donald Tusk bilan uchrashuv vaqtida shunday bayonot bergan.

«Kremlning maqsadi - Ukraina davlatchiligini yo‘q qilish, sovet ittifoqining ikkinchi versiyasini yaratish», - dedi Poroshenko.

Shuningdek, u Tuskka Ukraina tomonini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin «Rossiyani to‘xtatishga» chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: