«Paxtakor» OChL guruh bosqichiga chiqdi

Sport 22:01 / 19.02.2019 20218

Osiyo Chempionlar Ligasida saralash bosqichining pley-offidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Paxtakor» safarda BAAning «An-Nasr» klubi bilan bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

15-daqiqada mezbonlar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Ammo Negredo zarbani juda noaniq bajardi. 31-daqiqada Cheran xuddi shunday vaziyatda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim «Paxtakor» hujumlari bilan boshlandi. 50-daqiqada Bikmayev o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joyladi. Oradan 8 daqiqa o‘tgach «An-Nasr» hisobni qisqartirdi. Sadriddin Abdullayev jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan qaytargach, bosh hakam yana bir penaltini belgiladi. Bu safar Negredo uni aniq amalga oshirdi va hisobni qisqartirdi. Shundan so‘ng, har ikkala klubda xavfli vaziyatlar bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmay qoldi.

Natijada «Paxtakor» OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi.

OChL, Saralash o‘yinlarining pley-off bosqichi
19 fevral, Dubay 

An-Nasr (BAA) – Paxtakor (O‘zbekiston) 1:2
Gollar
: Alvaro Negredo (58 pen) – Dragan Cheran (31 pen), Marat Bikmayev (50)
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
An-Nasr: Ibrohim Iso, Mahmud Hamis, Ahmad Ibrohim, Mas'ud Sulaymon, Muhammad Ibrohim, Jon Umariy, Xolid Jalol, Tariq Ahmad, Ronni Fernandes, Serjio Dutra, Alvaro Negredo 
Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod A'zamov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Sadriddin Abdullayev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmayev.

Ko‘proq yangiliklar: