O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati bilan tanishmoqda

O‘zbekiston 16:15 / 19.02.2019 5680

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish” loyihasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

19 fevral kuni Gamburg shahrida loyiha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida taqdimot o‘tkazdi. So‘zga chiqqanlar “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” asosida mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va moliyalashtirishning butunlay yangi tizimiga o‘tkazilayotganini ta'kidlashdi. 

“Shuningdek, taqdimotda shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasiga yuqori texnologiyalarni sotib olish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, mutaxassislarimiz Germaniya tibbiyot modelini o‘rganish orqali O‘zbekistonda sohani yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirishda ikki mamlakat mutaxassislari hamkorligini yanada jadallashtirish lozimligini ta'kidladilar”, deyiladi xabarda. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

27 fevralga qadar davom etadigan tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Germaniya sog‘liqni saqlash tizimida moliyalashtirish masalalari va boshqarish usullari, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni boshqarish tamoyillari bilan yaqindan tanishadilar. Bundan tashqari, mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalarini, tibbiy ta'lim va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: