OKMK yirik hisobda yutqazib, OChL guruh bosqichiga chiqolmadi

Sport 22:13 / 19.02.2019 11219

Osiyo Chempionlar Ligasida saralash bosqichining pley-offidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

Olmaliqning OKMK klubi safarda Saudiya Arabistoni vakili «An-Nasr» bilan bellashdi. O‘yin mezbonlarning tashabbusi ostida o‘tib, 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugadi. Xavsaviy, Al-G‘annam va Juliano (2ta) gollariga olmaliqliklar hech qanday javob qaytara olishmadi.

Natijada,  «An-Nasr» musobaqaning guruh bosqichiga yo‘l oldi. OKMK esa musobaqani tark etdi.

OChL, pley-off bosqichi
19 fevral, Ar-Riyoz

An-Nasr (Saudiya Arabistoni) - OKMK (Olmaliq) 4:0 
Gollar
: Xavsaviy (55), Al-G‘annam (62), Juliano (80, 90+3)
An-Nasr: Bred Jons, Sulton Al-G‘annam, Umar Xavsaviy, Abdulrahmon Al-Ubayd, Abdulaziz Al-Jyebrin (Abdulrahmon Al-Dosariy, 83), Abdulloh Al-Xaybariy, Maykon, Fahad Bin Jumayah (Rakan Shamlan, 79), Firas Al-Birakan (Yahyo Ash-Shihriy, 70), Abdulloh Salim, Juliano.
OKMK: Suhrob Sultonov, Dilshod Jo‘rayev, San'at Shixov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov (Jasur Hakimov, 59), Jasur Hasanov (Zohir Pirimov, 81), Mirolyub Kostich (G‘ulomHaydar G‘ulomov, 64), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldashov.
Bosh hakam: Muhammad Taqiy Jafariy (Singapur)

Ko‘proq yangiliklar: