Nostrifikatsiya jarayoni bo‘yicha rossiyalik ekspert ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi

Jamiyat 10:33 / 19.02.2019 5706

Bugun aksariyat yoshlarning xorijda oliy ta'lim olishi odatiy holga aylandi. Xo‘sh, ular xorijdagi oliy ta'lim muassasasini tugatib, vatanga qaytgach, chet elda o‘qiganlikni tasdiqlovchi diplomi bilan ishga qabul qilinadimi, uni nostrifikatsiyalash degan murakkab va rasmiyatchiliklarga to‘la jarayon xamirdan qil sug‘urgandek izn beradimi? Bu kabi savollar barchani birdek o‘ylantirib kelayotgani ayni haqiqat. 

Gap shundaki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Ta'lim inspeksiyasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ta'lim, malaka, va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiq uchun kiritilgan. 

Vera Skorobogatova

Xorijda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash jarayoni va uni soddalashtirish maqsadida O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasining xalqaro darajadagi eksperti Vera Skorobogatovaning kelishi kutilmoqda. Ekspert bilan ta'limdagi to‘siqlarning olib tashlash, o‘zaro hamkorlik va boshqa bir qator masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etiladi. Bunga qiziqishi va xohishi bo‘lgan yoshlar 20 fevral kuni soat 10:00da “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga tashrif buyurishi mumkin.

Shu kuni ishtirokchilar xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash bo‘yicha savollarga javob oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: