Nikaraguada muxolifat yetakchisi 216 yilga qamaldi

Jahon 15:17 / 19.02.2019 5161

Nikaragua sudi 2018 yildagi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan muxolifat yetakchisi Medardo Mayrenani 216 yil uch oyga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqda Nuevo Diario nashri xabar berdi.

Mayrena Nikaraguada transokean qurilishiga qarshi chiqayotgan va dehqonlar yerlari saqlanib qolishi uchun kurashayotgan dehqonlar harakati yetakchisi hisoblanadi.

Xabar qilinishicha, hukm qator ayblovlar, jumladan terrorizm va qotilliklar tashkil etish ayblovlari asosida chiqarilgan. Shuningdek, yana ikki muxolifatchi - Pedro Mena va Luis Orlando Ikabalseta mos ravishda 210 va 159 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Nikaraguada o‘tgan yil aprelida hukumat islohotlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tgandi. Natijada prezident Daniel Ortega islohotlarni bekor qildi, ammo namoyishlar to‘xtamadi. 

Ko‘proq yangiliklar: