Navoiy kon-metallurgiya kombinatida texnogen chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar tashkil etiladi 

O‘zbekiston 15:08 / 19.02.2019 3441

O‘zbekiston prezidenti texnogen chiqindilarni qayta ishlash kompleksini qurish investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishga imzo chekdi.

Hujjatda qayd etilishicha, “Navoiy KMK” davlat korxonasining “Uyumda eritmaga o‘tkazish sexida texnogen chiqindilarni qayta ishlash kompleksini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

•  umumiy qiymati 247,6 mln. AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining tehnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilib, “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazildi;
•  “Navoiy KMK” davlat korxonasining Uyumda eritmaga o‘tkazish sexida yiliga 15 mln. tonna hajmdagi texnogen chiqindilarni kayta ishlash bo‘yicha quvvatlar tashkil etilib, 2021 yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Farmoyishga muvofiq, quyidagilar investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

“Navoiy KMK” davlat korxonasining 197,6 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng summadagi o‘z mablag‘lari;

O‘zbekiston Moliya vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan beriladigan, foiz stavkasi yiliga 6,625 foiz, shu jumladan yevroobligatsiyalar stavkasi yiliga 5,375 foiz, Moliya vazirligining marjasi yiliga 1,0 foiz, qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi yiliga 0,25 foiz bo‘lgan, hisoblanadigan foizlar investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida kapitallashtiriladigan 50 mln. AQSh dollari mikdoridagi kredit liniyasi mablag‘lari.

Ko‘proq yangiliklar: