Maduro Trampning tahdidlarini natsistlar bayonoti bilan tenglashtirdi

Jahon 12:13 / 19.02.2019 10212

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro amerikalik hamkasbi Donald Trampning Venesuela hududida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Maduroning fikricha, Trampning nutqi «deyarli natsistlar uslubida» bo‘lgan. Shuningdek, u Trampni o‘zini Venesuela harbiylariga buyruq berishga haqqi bor, deb hisoblayotgani uchun tanqid ostiga oldi.

«Ular (AQSh) o‘zlarini bizning mamlakatimiz egalari, deb hisoblamoqda», - deya ma'lum qildi Maduro. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Venesuela harbiylarini ogohlantirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: