Ispaniyada narkotikfurushlarning yirik to‘dasi qo‘lga olindi

Jahon 23:41 / 19.02.2019 4843

Ispaniya huquq-tartibot idoralari narkotik moddalarni noqonuniy tashishga qarshi ikkita yirik operatsiya o‘tkazib, 60 dan ko‘proq narkotikfurushni qo‘lga oldi.

Umumiy hisobda 66 kishi qo‘lga olingan, 7 tonna gashish. 4 ta kater, 3 ta o‘g‘irlangan yo‘ltanlamas va qurol tortib olingan.

Ta'kidlanishicha, Andalusiya muxtor hamjamiyatining bir qator aholi punktlari, jumladan Kadis viloyatida 22 ta tintuv o‘tkazilgan. Ispaniyaga yetkaziluvchi giyohvand moddalarning 40 foizi aynan Kadis orqali o‘tadi.

Qo‘lga olinganlarga narkotikfurushlik, transport vositalarini o‘g‘irlash va pul yuvish ayblovlari qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: