«Ikkiyuzlamachilik, bema'nilik va adolatsizlik». Xitoy AQShni ayblab chiqdi

Jahon 11:59 / 19.02.2019 13995

XXR AQShni Xitoyning texnologik rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishga urinishda aybladi. Bu haqda The Associated Press xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Xitoy TIV vakili Gen Shuan Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyat fonida shunday bayonot bilan chiqqan.

«Ular (AQSh) Xitoydagi ishlab chiqarishning tabiiy rivojlanishini bosib qo‘yish uchun bahona topishga harakat qilmoqda», - dedi Shuan.

U Amerika tomonining bunday xatti-harakatlarini «ikkiyuzlamachilik, bema'nilik va adolatsizlik», deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg Rossiya va Xitoyning yaqinlashuviga «raqiblarning soxta ittifoqi», deya ta'rif bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: