Bundesliga. «Dortmund»da navbatdagi yo‘qotish, «Bavariya» bilan oradagi farq yana qisqardi

Sport 08:53 / 19.02.2019 3927

Bundesligada 22-turning so‘nggi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda peshqadam «Borussiya Dortmund» so‘nggi o‘rindagi «Nyurnberg» bilan safarda bahs olib bordi va golsiz durangga rozi bo‘ldi.

Qayd etish kerak, jadval yetakchisi uchta turdan buyon durang qayd etmoqda. Bunga qadar «Ayntraxt» (1:1) va «Hoffenhaym» (3:3) bilan bahslarda ham g‘olib aniqlanmagandi. Natijada 22-turdan keyin «Dortmund» va «Bavariya» o‘rtasidagi farq 3 ochkoga qisqardi.

«Borussiya D» keyingi turni o‘z maydonida, 24 fevral kuni «Bayyer»ga qarshi o‘tkazadi. Leverkuzenliklar oxirgi to‘rtta uchrashuvni faqat g‘alaba bilan yakunlashmoqda.

Germaniya chempionati
22-tur, 18 fevral
Nyurnberg – Borussiya D 0:0
Nyurnberg – Mateniya, Valentini, Myul, Everton, Lyaybold, Petrak, Kubo (Palasios-Martines, 85), Leven (Bauer, 77), Berens, Mateus Pereyra, Zrelyak (Isxak, 66).
Borussiya D – Byurki, Volf, Vaygl, Zagadu, Diallo, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vitsel, Sancho, Filipp (Pako Alkaser, 63), Gerreyru, Getse.
Ogohlantirishlar: Mateniya (88), Vitsel (89).

Mavzubop 

Ko‘proq yangiliklar: