Britaniya va Isroil Brexit’dan keyin savdoni davom ettirish haqida kelishuv imzoladi

Jahon 10:48 / 19.02.2019 2758

Buyuk Britaniya va Isroil Brexit’dan keyin savdoni to‘xtatmaslik haqida kelishuv imzoladi. Bu haqda Britaniya xalqaro savdo vazirligi xabar qilgan.

Ushbu kelishuv Britaniya kompaniyalari va iste'molchilariga mamlakat Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin ham Isroil bilan savdodan daromad olish imkonini beradi.

Kelishuv Al-Qudsda Britaniya xalqaro savdo vaziri Liam Foks hamda Isroilning iqtisodiyot va sanoat vaziri Eli Ken tomonidan imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida savdo shartlari saqlanib qoladi. Bu esa biznesga qo‘shimcha tariflar kiritilishi va ish o‘rinlari qisqarishidan qochishga imkon beradi. 

2018 yil 3-choragi oxiriga ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 4 mlrd funt sterlingni (5 mlrd dollardan ko‘proqni) tashkil qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: