Britaniya 5G tarmoqlarida Xitoy qurilmalaridan voz kechmaydi

Fan-texnika 16:33 / 19.02.2019 5985

Britaniya Kiberxavfsizlik milliy markazi xulosasiga ko‘ra, mamlakat hukumati 5G tarmoqlarida Xitoy ishlab chiqaruvchilari uskunalaridan foydalanish bo‘yicha xatarlarni nazorat qila oladi. Shuning uchun hukumat Huawei uskunalaridan voz kechish niyatida emas, deb xabar bermoqda Financial Times hukumat tashkiloti hisobotidan xabardor manbalarga tayangan holda.

Shu tariqa, Britaniya Donald Trampning josuslik bo‘yicha ayblovlar fonida xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan ishlashni to‘xtatish bo‘yicha chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlamadi. Yanvar oyi oxirida AQSh Adliya vazirligi Huawei Technologies, uning bir necha bo‘linmalari va kompaniya moliyaviy direktori Men Vanchjouga bank firibgarligi, adliyaga xalaqit berish, shuningdek, T-Mobile US Inc texnologiyalarini o‘g‘irlash maqsadida til biriktirish bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Shu bilan birga, Men Vanchjou o‘tgan yil oxirida Kanadada AQSh talabi bilan hibsga olindi.

Donald Tramp hozirgi vaqtda simsiz tarmoqlar sohasida ishlovchi Amerika kompaniyalariga uskunalar yetkazib beruvchi xorijiy shirkatlar bilan hamkorlik qilishni taqiqlovchi farmonni imzolashga tayyorlanmoqda. Bu chora, birinchi navbatda, Xitoy ishlab chiqaruvchilariga qarshi qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: