AQShdagi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi (video)

Jahon 01:22 / 19.02.2019 11433

AQShda Monster Energy NASCAR Cup - Daytona 500 seriyasiga kiruvchi poygada 18 ta mashina to‘qnashib ketdi. Ushbu ommaviy to‘qnashuv videosi 17 fevralda NASCAR poygasining tvitterdagi sahifasida joylashtirilgan.

Mashinalar bir-biriga zich ketayotganda, ulardan ikkitasi to‘qnashib ketgan. Shundan keyin trekda ommaviy to‘qnashuv kelib chiqqan – umumiy hisobda 18 ta mashina o‘zaro urilib ketgan. 

Ko‘plab to‘qnashuvlar oqibatida trassada uchqunlar va tutun hosil bo‘lgan.

Poygachilardan hech kim jabrlanmagan. Poyga ma'lum vaqtga to‘xtatib qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: