Angliya kubogi. "MYu" "Chelsi"ni mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi

Sport 02:33 / 19.02.2019 15593

Angliya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 

Unda "Manchester Yunayted" safarda "Chelsi" bilan kuch sinashib, 0:2 hisobida g‘alaba qozondi va chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

"Manchester Yunayted"ga qadar chorakfinalga "Uotford", "Brayton end Houv Albion", "Milluoll", "Manchester Siti", "Vulverhempton", "Kristal Pelas" va "Suonsi Siti" chiqqan edi.

Angliya kubogi. 1/8 final

Chelsi – Manchester Yunayted 0:2

Gollar: 0:1 – 31 Errera, 0:2 – 45 Pogba.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta (Dzappakosta, 82), David Luiz, Kovachich (Barkli, 71), Jorjino, Pedro (Villian, 58), Kante, Azar, Iguain.
Manchester Yunayted –    Romero, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Errera, Matich, Pogba, Mata (Pereyra, 76), Reshford (Maktomini, 90), Lukaku (Sanches, 73).
Ogohlantirishlar: Matich (15), Yang (21), Ryudiger (60), Kante (65).

Ko‘proq yangiliklar: