Yoshlar ittifoqi kadrlar zaxirasini shakllantirayotganini e'lon qildi

Jamiyat 12:53 / 18.02.2019 4142

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qator lavozimlar bo‘yicha kadrlar zaxirasini shakllantirayotganini e'lon qildi. Agar mutaxassisligingiz va malakangiz mos kelsa, siz ham hujjat topshirishingiz mumkin.

Moliya bo‘limi: — Ittifoq hamda uning tarkibiy tuzilmalari budjetini ishlab chiqish, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va tarkibiy tuzilmalarining xarajatlar smetasini baholash, moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini olish, loyihalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqish, xaridlar jarayonida ishtirok etib, metodologiya masalalari bilan shug‘ullanadi.

1. Bo‘lim mudiri lavozimiga: — Bu lavozimga zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 10 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, o‘zbek tilini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini o‘zlashtirgan, MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi, 40 yoshdan oshmagan yetakchilik qobiliyatiga ega, adolatli va xushmuomala xodim bo‘lishi lozim.

2. Bo‘lim bosh mutaxassisi hamda yetakchi mutaxassis lavozimiga: — Mazkur lavozimga ham yuqorida ko‘rsatilgan talablar amal qiladi. Eng asosiysi nomzod 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi shart.

Buxgalteriya bo‘limi: — Hisob-kitob tizimini yuritish, davlat organlariga hisobot berish; quyi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini qabul qilish; to‘lovlarni amalga oshirish, loyiha smetalarini ko‘rib chiqish hamda metodologiya masalalari bilan shug‘ullanadi.

1. Markaziy Kengash bosh hisobchisi lavozimiga: — Ma'lumoti bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan, umumiy 10 yil va shu davr mobaynida davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarining bosh hisobchisi lavozimida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, o‘zbek tillarini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini o‘zlashtirgan, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi talab etiladi.

2. Katta hisobchi (ish haqi bo‘yicha) lavozimiga: — Ma'lumoti bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida hisobchi lavozimida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi talab etiladi.

3. Yetakchi hisobchi (materiallar bo‘yicha): — Ma'lumoti bo‘yicha o‘rta maxsus darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida hisobchi lavozimida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi.

Moliyaviy xarajatlarni monitoring qilish guruhi: — Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va to‘lov hujjatlari to‘g‘riligi nazoratini yuritishi, to‘lovni amalga oshirishni tasdiqlash, metodologiya bilan shug‘ullanadi.

1. Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 10 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi lozim.

2. Bosh mutaxassis lavozimiga: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, o‘zbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini o‘zlashtirgan, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi lozim.

3. Yetakchi mutaxassis lavozimiga: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi lozim.

Xaridlar bo‘limi — Ittifoq tizimi va quyi kengashlarining tovar-moddiy boyliklar (ishlar, xizmatlar)ga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda takliflar ishlab chiqadi; - Apparat va Ittifoq tizimlari ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish hamda metodologiya masalalari bilan shug‘ullanadi.

1. Bo‘lim mudir lavozimi: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 10 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga egaligi, - o‘zbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini o‘zlashtirgan, MS Word, Exsel, Project, 1C, Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar bo‘yicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi lozim.

2. Bosh mutaxassis lavozimi: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, o‘zbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya, Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar bo‘yicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi lozim.

3. Yetakchi mutaxassis: — Ma'lumoti moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasidan kam bo‘lmagan; davlat idoralari, Moliya vazirligi G‘aznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, o‘zbek tilini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini o‘zlashtirgan, MS Word, Exsel, Project, 1C Buxgalteriya, Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar bo‘yicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi lozim.

Kadrlar zaxirasidan o‘rin olishni istagan nomzodlar (+99899) 858-43-17 telefon raqami, (+99899) 858-44-13 telegram raqami yoki monitoring@yoshlarittifoqi.uz elektron pochtasi orqali suhbatga yoziladi.

Nomzodlardan: — Ma'lumotnoma (obektivka), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, mehnatga haq to‘lash – davlat organi darajasida. Suhbat davomida qo‘shimchalar va qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish mexanizmlari muhokama qilinadi.

Ish tartibi: dushanbadan jumagacha, 9:00 dan 18:00 gacha.

Ko‘proq yangiliklar: