Xitoyning vazni eng og‘ir fuqarosi yarim yilda 142 kg yo‘qotdi

Jahon 11:38 / 18.02.2019 21414

334 kilogramm vazni tufayli Xitoyning eng og‘ir odami deb tan olingan Van Xaonan yarim yil ichida 142 kilogrammga ozdi. Bu haqda Sing Tao Daily gazetasi yozmoqda.

Foto: Beijing Youth Daily

20 yoshli yosh yigit mahalliy tibbiyot universiteti va qator kasalxonalar aksiyasida qatnashdi - uch nafar vazni eng katta kishiga bepul yordam berish bo‘yicha. Iyulda yigit va ikki boshqa g‘olib oshqozonni kichraytirish bo‘yicha operatsiyadan o‘tkazildi.

Jarrohlik aralashuvidan so‘ng, shifokorlar bemorga ovqatni chaynab yeyish, ovqatlanishni nazorat qilish va jismoniy faollikni oshirish haqida tavsiya berishdi.

12 fevral kuni yigit tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Shifokorlarning qayd etishicha, u 142 kg yo‘qotib, bo‘yi 2 sm.ga cho‘zilgan, oyog‘i esa to‘rt razmerga kamaygan. Umuman olganda, yigitning salomatligi yaxshilandi - oldinroq Van Xaonan yurak, jigar va o‘pka bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekkan. Endi yigit 192 kg vaznga ega hamda bir yilda 100 kg yo‘qotishni rejalashtirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: