Xitoyning millionlab uyg‘urlarni kuzatishga doir  ma'lumotlar bazasi aniqlandi

Jahon 22:51 / 18.02.2019 17212

Xitoy mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘urda yashovchi 2,6 millionga yaqin kishining joylashuvini kuzatadi. Financial Times xabariga ko‘ra, GDI Foundation nodavlat tashkilotining axborot xavfsizligi bo‘yicha xodimi Viktor Gevers internet tarmoqlarida ana shunday ma'lumotlar bazasini aniqlagan. 

Geversning so‘zlariga ko‘ra, bir sutkada 6,7 million GPS-ma'lumot bazaga kelib tushgan. Unda joylashuv bilan bog‘liq ma'lumotdan tashqari, odamlarning ismi, hujjat raqamlari, uy manzili va suratlari ham bo‘lgan. Ularning aksariyati uyg‘urlar bo‘lgan. 

Ekspertning ta'kidlashicha, ma'lumotlar Xitoyning SenseNets kompaniyasi tomonidan to‘plangan. Baza yarim yil davomida onlayn-serverda ochiq bo‘lgan. Gevers server egalariga bu haqida xabar berganidan so‘ng unga kirish yopilgan.

Nashrda qayd etilishicha, SenseNets kompaniyasi boshqa xizmatlardan tashqari politsiya xizmatlarini ham taqdim etadi. Xususan, u Xitoy sharqidagi Lyanyungan shahrida hamda janubiy Guandun provinsiyasida yuzdan tanish tizimini o‘rnatish bilan ham shug‘ullangan. 

Ko‘proq yangiliklar: