Xitoyda birinchi kosmik elektrostansiya qurilishi boshlandi

Jahon 21:21 / 18.02.2019 6904

Xitoylik mutaxassislar kosmik elektrostansiyaning birinchi seksiyasini qurishga kirishishdi, deb xabar berdi The Sydney Morning Herald. 

Xabar qilinishicha, stansiya kosmosda quyosh energiyasini to‘playdi va uni mikroto‘lqinli yoki lazerli nurlatgichlar yordamida yerga uzatadi.

Stansiya geosinxron orbitada joylashadi. Elektrostansiya blokining ishga tushirilishi 2025 yilga mo‘ljallangan. 

Agarda mazkur tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 2050 yilgacha yanada yirik elektrostansiyalar quriladi va ular Xitoyning kattagina qismini arzon energiya bilan ta'minlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: