Telegraph: Britaniya Rossiya tufayli Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytiradi

Jahon 08:16 / 18.02.2019 6874

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning Norvegiyadagi Bardufoss harbiy bazasida joylashtirilgan britaniyalik dengiz piyoda askarlari oldiga tashrifida ma'lum qilishicha, Britaniya NATOning shimoliy qismini Rossiyadan himoya qilish uchun Arktikadagi harbiy ishtirokini kuchaytiradi. Bu haqda The Telegraph yozmoqda.

Mudofaa vazirligi rahbarining aytishicha, Britaniya Arktikada harbiy ishtirokni oshirish bo‘yicha 10 yillik reja ishlab chiqdi. Unga ko‘ra har yili mintaqada mingga yaqin britaniyalik dengiz piyoda askarlari mashg‘ulot olib boradi. Shuningdek, Arktika uzra havo hududi Rossiya suv osti kemalari faolligini bosib turish maqsadida Boeing P-8 Poseidon qayiqlarga qarshi samolyotlari tomonidan patrul qilinadi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Uilyamson.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya mudofaa vaziri Brexit’dan keyingi rejalar haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: