AQShning Ayova shtatidagi tashlandiq fermaning ombori ichida 36 yilga yaqin qarovsiz yotgan Jaguar MK2 sedani topildi. Fermaning hozirgi egasi uni auksion orqali sotib olgan, biroq hujjatlarda avtomobil haqida hech narsa deyilmagan.
Topilgan Jaguar model uchun kuchaytirilgan dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 223 ot kuchini tashkil qiladi. Sedan barcha g‘ildiraklarda disk tormozlari, rul kuchaytirgichi va avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. U 97 km/soat tezlikka 8,5 soniyada erisha oladi.
Avtomobil oynasidagi nakleykalarga ko‘ra avtomobil oxirgi marta 1983 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Yaguar”ning original saloni saqlanib qolgan, biroq ba'zi elementlari ta'mirtalab holatda. Sedanning yukxonasida ideal holatdagi sayqallangan g‘ildirak qopqoqlari topilgan.
Avtomobilning narxi restavratsiya qilingandan keyin 30-35 ming dollarni tashkil qilishi mumkin.