Rus harbiylari O‘zbekistondagi harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi 

O‘zbekiston 18:37 / 18.02.2019 13222

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan “Muborak” dala o‘quv maydonida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda Rossiya Federatsiyasining harbiylari ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, qo‘shinlarda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga ko‘ra tashkil etish va o‘tkazish, bu borada egallangan yangi taktik uslublar bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlarida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy mutaxassislari tomonidan qurol-aslaha, harbiy anjom va jangovar texnikalardan foydalanishda erishilgan innovatsion yutuq va ratsionalizatorlik takliflari namunalari namoyish etilgan. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Kunduzgi va tungi sharoitlarda jangovar vazifalarni bajarishda qo‘llanadigan zamonaviy taktik uslub namunalari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Mavzularga oid qator o‘quv filmlari ko‘rsatildi. Harbiy xizmatchilar kasbiy tayyorgarliklar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi», — deyiladi vazirlik axborotida. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlanishicha, yig‘in davomida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi yangi usul va uslublar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: