Reuters: Gibraltar Ispaniya va Britaniya kemalari ishtirokida noxush hodisa yuz berganini xabar qildi

Jahon 15:02 / 18.02.2019 8885

Gibraltar hukumati Britaniyaga qarashli mazkur hudud sohilida Ispaniya harbiy kemasi fuqaro kemalarini haydab chiqarishga urinishini "ahmoqona o‘yin" deb atadi. Bu haqda Gibraltar hukumati bayonotiga asoslanib Reuters xabar berdi.

"Gibraltar atrofidagi suvlar hech qanday bahslarsiz Britaniya suvereniteti ekanligini tan olmaydiganlarning ahmoqona o‘yinlari shunchaki noxushlik keltirib chiqarish uchun urinishdir", - deyiladi bayonotda.

Xabar qilinishicha, 17 fevral kuni Ispaniya harbiy kemasi Gibraltar sharqiy sohiliga kelgan va Britaniya hududiy suvlarida bo‘lib turgan fuqaro tijorat kemalariga u yerni tark etishni buyurgan.  

Fuqaro kemalari bu talabni bajarmagan. Voqea joyiga Britaniya harbiy kemalari yetib kelganidan so‘ng Ispaniya kemasi hududni tark etgan.

Keyingi yillarda London va Madrid o‘rtasida XVIII asrdan buyon Britaniyaga qarashli bo‘lgan Gibraltar atrofidagi bahs yana keskinlashdi. Ispaniya mazkur hududni qaytarib olishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: