Prezident «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston 12:32 / 18.02.2019 11871

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 8 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma'qullangan.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining navlarini takror ko‘paytirish bosqichlariga qarab, urug‘liklarning quyidagi toifalari belgilanadi:

original;

elita;

reproduksion.

Urug‘chilik obektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

nav;

duragay;

populyatsiya;

urug‘liklar;

urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinzorlari.

Urug‘chilik sub'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

navning muallifi;

urug‘lik yetishtiruvchi;

urug‘liklarni realizatsiya qiluvchi;

urug‘liklarning iste'molchisi (urug‘liklardan foydalanuvchi);

urug‘liklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot.

Urug‘chilik sub'yektlari quyidagi huquqlarga ega:

urug‘chilik sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish;

seleksiya yutuqlaridan foydalanish;

urug‘liklarning ko‘rgazma-savdolarida (kimoshdi savdolarida) ishtirok etish;

o‘z faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va ilm-fan yutuqlarini joriy etish;

urug‘lik yetishtirish bo‘yicha resurslarni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash.

Urug‘chilik sub'yektlari:

urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarning davriy aprobatsiyadan o‘tkazilishini ta'minlashi;

vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan urug‘liklarni yetishtirish sxemalarining texnologik talablariga, ularni saqlash hamda realizatsiya qilish qoidalariga rioya etishi, shuningdek urug‘liklarning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini ta'minlashi;

urug‘liklarni realizatsiya qilishda urug‘lik turkumiga berilgan muvofiqlik sertifikatini, shuningdek duragaylar va navlarning tavsiflarini urug‘liklarning iste'molchilariga (urug‘liklardan foydalanuvchilarga) taqdim etishi;

vakolatli organlar bilan urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazishi shart.

Urug‘lik yetishtiruvchilar, urug‘liklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar har bir urug‘lik turkumining genetik (nav) va ekinboplik sifatlari bo‘yicha to‘liq hisobini yuritishi shart.

Urug‘chilik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani va servis xizmatlarini rivojlantirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va faoliyatning zamonaviy shakllarini joriy etish;

urug‘lik yetishtirishda genetik (nav) sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish;

urug‘liklarni ko‘paytirishning va urug‘liklar iste'molchilarini (urug‘liklardan foydalanuvchilarni) urug‘liklar bilan ta'minlashning samarali tizimini yaratish;

urug‘chilik sub'yektlari faoliyatini rag‘batlantirish va urug‘lik yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

urug‘chilik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

urug‘chilik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi;

urug‘chilik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi;

urug‘chilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining urug‘chilik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritadi;

urug‘chilik sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining navlarini sinashga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urug‘liklarini olib chiqish uchun xulosa beradi;

qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘liklarini yetishtirish hajmlariga doir maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqadi;

urug‘lik ekinlarini joylashtirish uchun urug‘chilik xo‘jaliklarini aniqlashda ishtirok etadi;

urug‘lik ekinlarini aprobatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: