O‘zbekiston yanvar oyida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 08:28 / 18.02.2019 34184

O‘zbekiston 2019 yil yanvar oyida 17,46 ming donadan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davrga nisbatan 38,8%ga ko‘pdir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 2,1 baravarga oshdi - 367 dona.

O‘zbekiston 2019 yil yanvar oyida 74 dona avtobus ishlab chiqardi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar ko‘p.

2019 yil yanvar oyida O‘zbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmi 16,43 ming donani tashkil etdi. 2018 yil yanvar oyi bilan taqqoslaganda o‘sish sur'ati 78,1 foizga teng bo‘ldi.

2019 yil yanvar oyida traktorlar ishlab chiqarish 9 donani tashkil qildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 91%ga kam.

Ko‘proq yangiliklar: