O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligida yangi kompaniya tuzildi

Jamiyat 07:53 / 18.02.2019 12908

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaga muvofiq «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda «ORIYeNBANK» OAJ hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi elchixonasi ko‘magida «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasining loyihasi ishlab chiqildi.

«O‘zagrotexsanoatxolding” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yilning 9 noyabr kuni “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hamda «ORIYeNBANK» OAJ o‘rtasida hamkorlikda «ORIYeN-UZAGRO» ishlab chiqarish kompaniyasini tashkil etish borasida ta'sis shartnomasi imzolangan.

Ushbu kompaniya, asosiy faoliyati “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlari va detallardan Tojikiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalarini yig‘ish hamda ishlab chiqarish bo‘lgan yangi zavodning qurilishi bilan shug‘ullanadi.

2019 yilning 11 fevral kuni «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasi Tojikiston Hukumati huzuridagi Soliq qo‘mitasi ro‘yxatidan o‘tdi.

Shu munosabat bilan 2019 yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasida O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Ergash Shoismatov, «O‘zagrotexsanoatxolding” AJ vakillari hamda  «ORIYeNINVeST» MChJ bosh direktori S. Valiyev va boshqalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikda tuzilgan «ORIYeN-UZAGRO» kompaniyasi Tojikiston Respublikasi iqtisodiyotining ko‘pgina tarmoqlarining rivojlanishi va O‘zbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qilishini ta'kidlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: