O‘zbekiston va Isroil siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi

O‘zbekiston 09:45 / 18.02.2019 2150

O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar ham o‘tkazadi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: