O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni qisqartirdi

O‘zbekiston 09:00 / 18.02.2019 18352

O‘zbekiston 2019 yil yanvarida benzin ishlab chiqarishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 31,8 foizga qisqartirdi - 71,6 ming tonna. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

2019 yil yanvar oyida dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi 81,7 ming tonnani tashkil qildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘pdir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar oyida neft qazib olishni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 5 foizga kamaytirdi - 60,6 ming tonna.

Tabiiy gaz qazib olish 2019 yil yanvarida 5,24 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga ko‘p.

O‘zbekiston 2019 yil yanvarida 185,4 ming tonnadan ortiq gaz kondensati ishlab chiqardi, bu 2018 yilga nisbatan 0,3 foizga kam.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston yanvar oyida qancha yengil avtomobil ishlab chiqargani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: