Ikardisiz g‘alaba qozongan «Inter», «tishsiz» «Napoli» va VAR atrofidagi mojaro – Italiyada tur voqealari

Sport 14:47 / 18.02.2019 4286

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 24-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«YuVeNTUS» AUTSAYDeRNI OSONLIKChA MAG‘LUB ETDI

A Seriya peshqadami «Yuventus» o‘z maydonida autsayder «Frozinone»ni qabul qildi. Amaldagi chempion eksperimental tarkib va o‘yin sxemasi bilan raqibni osonlikcha, 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

6-daqiqada Dibalaning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘ridan joy oldi. 17-daqiqada burchak zarbasi amalga oshirilganidan keyin qaytgan to‘pni Bonuchchi darvozaga kiritdi. Shundan so‘ng, turinliklar har xil sxemalarda harakat qila boshladilar, raqib bunga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘yin yakunlanishiga yarim soat qolganida Manjukichning jarima maydoniga yetkazgan to‘pini Ronaldu kuchli zarba bilan darvozaga yo‘lladi.

Natijada «Yuventus» 66 ochko jamg‘ardi va peshqadamlikni yanada mustahkamladi. «Frozinone» 16 ochko bilan jadval tubidan joy olgan.

Yuventus – Frozinone 3:0 (2:0, 1:0)
15 fevral, «Alyans Stedium»
Gollar: 1:0 – 6 Dibala, 2:0 – 17 Bonuchchi, 3:0 – 63 Ronaldu.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini (Kaseres, 70), De Shilo, Bentankur, Jan, Xedira (Pyanich, 81), Dibala, Manjukich, Ronaldu (Bernardeski, 64).
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Salamon, Kapuano, Dzampano (Paganini, 83), Chibsa (Gori, 78), Viviani, Kassata, Molinaro, Chiofani (Pinamonti, 58), Chiano.
Ogohlantirishlar: Jan (27), Salamon (37), Kapuano (62), Kassata (81), Joau Kanselu (89).

«NAPOLI» «TORINO» QARShILIGINI SINDIRA OLMADI

«Napoli» o‘z maydonida «Torino» bilan o‘ynadi. Neapolliklar bellashuv davomida to‘pni nazorat qilib, ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Biroq, bir marta bo‘lsa-da raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. «Torino» darvozaboni Sirigu bir necha vaziyatda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Boshqa hollarda «Napoli» hujumchilariga aniqlik yetishmadi. Ba'zan darvoza to‘sini «Torino» foydasiga ishladi. Natijada, «Napoli» «buqalar»ga ochko sovg‘a qilib yubordi. O‘yin murosasiz va keskin kurashlarga boy bo‘ldi – bosh hakam 8 marta futbolchilarni ogohlantirdi.   

Qayd qilish joizki, neapolliklar so‘nggi 4ta o‘yindan 3tasida raqib darvozasiga yo‘l topa olishmayapti. Jamoaning hujum chizig‘i «tishsiz» bo‘lib qolgan.

Bu natija «Napoli» uchun musobaqa jadvalida deyarli hech narsani o‘zgartirmadi. Jamoa katta ehtimol bilan «Yuventus»ga yetib ololmaydi, ammo o‘zi egallab turgan 2-o‘rinni hech kimga bermaydi. «Torino»da esa Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoldi.

Napoli – Torino 0:0
17 fevral, «San-Paolo» stadioni
Napoli – Ospina, Malkyui, Maksimovich, Kulibali, Xyusay, Kalexon (Mertens, 69), Fabian Ruis (Verdi, 70), Allan, Zelinski, Milik, Insine.
Torino – Sirigu, Itsso, Nkulu, Moretti, de Silvestri, Ansaldi (Parijini, 78), Rinkon (Meyte, 55), Lukich, Ayna, Berenger (Bazelli, 63), Belotti.
Ogohlantirishlar: Insine (45), Rinkon (45), Moretti (58), Kulibali (60), Allan (65), Ayna (71), Xyusay (82), Malkyui (90).

«INTeR» IKARDISIZ HAM G‘ALABA QOZONDI

«Inter» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni qabul qilib, juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hozir milanliklar uchun asosiy mavzu Ikardining sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinishi bo‘lib turibdi. Bu o‘yinda futbolchi go‘yo jarohati tufayli maydonga tushmadi, ammo «neradzurri» baribir uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Spalletti shogirdlari juda ko‘p xavfli vaziyatlarni yaratishdi, biroq raqib darvozasi 2 marta ishg‘ol qilindi. 73-daqiqada Perishich chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida D’Ambrozio kuchli zarba bilan uni darvozaga aniq yo‘lladi. Ammo mezbonlarning xursandchiligi uzoq davom etmadi. 76-daqiqada Gabbyadini yaqin masofadan «Inter» darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan atigi 2 daqiqa o‘tgach, «neradzurri» yana hisobda oldinga chiqib olishdi. Burchak zarbasidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Nainggolan chaqqon harakat bilan darvozaga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Inter» 46 ochko bilan 3-o‘rindagi mavqesini mustahkamladi, «Sampdoriya» 33 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Inter – Sampdoriya 2:1 (0:0, 2:1)
17 fevral, «Juzeppe Meatssa (San-Siro)» stadioni
Gollar: 1:0 – 73 D`Ambrozio, 1:1 – 75 Gabbyadini, 2:1 – 78 Nainggolan.
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Dalbert, Galyardini (Joau Mariu, 59), Brozovich, Politano (Kandreva, 69), Nainggolan (Vesino, 89), Perishich, Martines.
Sampdoriya – Audero, Bereshinski (Sala, 81), Tonelli, Andersen, Murru, Prat, Ekdal (Ronaldu Viyeyra, 81), Linetti, Saponara (Gabbyadini, 75), Defrel, Kualyarella.
Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (17), Perishich (24), Linetti (28), Shkrinyar (31).

«MILAN» JUDA MUHIM O‘YINDA «ATALANTA»NI MAG‘LUB ETDI

 «Milan» safarda «Atalanta» bilan bellashdi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan har ikkala jamoani musobaqa jadvalida atigi 1 ochko ajratib turgandi. Bundan tashqari, klublar qatorasiga 6ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramay kelishayotgandi.

1-bo‘lim mezbonlarning kichik ustunligida o‘tdi va ular 33-daqiqada hisobni ochishdi. O‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Froyler kuchli zarba bilan darvoza tomon yo‘lladi. Donnarumma to‘pga yeta oldi, ammo «dumaloq» uning qo‘lidan sirg‘anib chiqib, darvozaga kirib ketdi. Bo‘limning so‘nggi daqiqasida «Milan» hisobni tenglashtirdi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni Pyontek chiroyli zarba bilan darvozaga kiritib yubordi. 55-daqiqada Chalhano‘g‘li jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi. Oradan 6 daqiqa o‘tgach, Pyontek burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

2 to‘p farq bilan oldinga o‘tib olgan «Milan» himoyada sovuqqonlik bilan o‘ynab, xatoga yo‘l qo‘ymadi va kerakli natijani ushlab qolishga erishdi.

«Milan» 42 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi, «Atalanta» 38 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Atalanta – Milan 1:3 (1:1, 0:2)
16 fevral, «Adzurri d′Italiya» stadioni
Gollar: 1:0 – 33 Froyler, 1:1 – 45 Pyontek, 1:2 – 55 Chalhano‘g‘li, 1:3 – 61 Pyontek.
Atalanta – Berisha, Toloi, Gimshiti, Palomino, Xatebur (Gosens, 65), de Ron, Froyler, Kastan, Gomes (Kulusevski, 59), Ilichich, Sapata (Barrou, 78).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Lukas Paketa (Laksalt, 87), Suso (Kastilexo, 77), Pyontek (Kutrone, 68), Chalhano‘g‘li.
Ogohlantirishlar: de Ron (18), Suso (27), Rodriges (88).

24-TURNING BARChA NATIJALARI

15 fevral
Yuventus – Frozinone 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 6 Dibala, 2:0 – 17 Bonuchchi, 3:0 – 63 Ronaldu.

16 fevral

Kalyari – Parma 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 40 Kutska, 1:1 – 65 Pavoletti, 2:1 – 85 Pavoletti.
Chetlatish: Joao Pedro (90, Kalyari).

Atalanta – Milan 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 33 Froyler, 1:1 – 45 Pyontek, 1:2 – 55 Chalhano‘g‘li, 1:3 – 61 Pyontek.

17 fevral
SPAL – Fiorentina 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar: 1:0 – 36 Petanya, 1:1 – 44 Fernandesh, 1:2 – 79, penalti Veretu, 1:3 – 80 Simeone, 1:4 – 88 Jyerson.

Empoli – Sassuolo 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 34 Krunich, 2:0 – 37 Akkua, 3:0 – 60 Farias.
Udineze – Kevo 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 85 Teodorchik.

Jyenoa – Latsio 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 44 Badel, 1:1 – 75 Sanabriya, 2:1 – 90+3 Krishito.

Inter – Sampdoriya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 73 D`Ambrozio, 1:1 – 75 Gabbyadini, 2:1 – 78 Nainggolan.

Napoli – Torino 0:0

18 fevral
Roma – Bolonya

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI

19 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5 pen)
18 - Kshishtof Pyontek (Milan/Jyenoa, 2)
16 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 4)
12 - Arkadiush Milik (Napoli)
11 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Chiro Immobile (Latsio, 2)
9 - Andrea Petanya (SPAL, 1), Leonardo Pavoletti (Kalyari), Mauro Ikardi (Inter, 3)

25-TUR O‘YINLARI TAQVIMI

22 fevral
Milan - Empoli

23 fevral
Torino - Atalanta
Frozinone - Roma

24 fevral
Sampdoriya - Kalyari
Bolonya - Yuventus
Kevo - Jyenoa
Sassuolo - SPAL
Parma - Napoli
Fiorentina - Inter

25 fevral
Latsio - Udineze

TUR MOJAROSI – IKARDI SARDORLIK BOG‘IChIDAN MAHRUM QILINDI

«Inter» klubi rahbariyati hujumchi Mauro Ikardini sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi va uni darvozabon Samir Handanovichga topshirdi.

Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, 25 yoshli argentinalikni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilinishi haqidagi qaror rahbariyat va bosh murabbiy Luchano Spalletti kelishuvi asosida qabul qilingan. Bunga bir necha holatlar sabab bo‘lgan. Xususan, Ikardi yetakchilik vazifasini yaxshi bajarmagan, kiyinish xonasida futbolchilarga juda kam tanbeh bergan. Bundan tashqari, xotini va agenti Vanda Naraning klub rahbariyatini qiyin ahvolga solib qo‘yadigan so‘zlariga izoh bermagan. Shu va shunga o‘xshash sabablar tahlil qilingach, Ikardi sardorlik bog‘ichiga loyiq emas deb topilgan.

Qo‘shimcha qilish joizki, «Inter» Mauro Ikardini Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan «Rapid»ga va A Seriyadan o‘rin olgan «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinlar qaydnomasiga kiritmadi. Har ikkala o‘yin ham «neradzurri» g‘alabasi bilan tugadi. Keyinchalik klub rasmiy tvitteri Ikardining o‘ng tizzasida yallig‘lanish borligi haqida xabar berdi.

Voqeadan bir necha kun o‘tgach, Mauro Ikardining xotini Vanda Naraga Milan shahrida hujum qilishdi. Football Italia xabariga ko‘ra, noma'lum shaxslar uning avtomobilini toshbo‘ron qilishgan. Mashina ichida futbolchining farzandlari ham bo‘lgan, ammo hech kim jabrlanmagan. Eslatib o‘tamiz, Vanda Nara Ikardining agenti hisoblanadi va shartnoma masalasida klub bilan muzokara o‘tkazadi.

Avvalroq, Ikardi «Inter» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisholmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

VAR ATROFIDAGI MOJARO – GOL URGAN JAMOA PeNALTI BILAN JAZOLANDI

A Seriyaning 24-turidagi SPAL – «Fiorentina» o‘yini (1:4) VAR tizimi atrofidagi yana bir mojaroli vaziyat bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

O‘yinning 74-daqiqasida SPAL gol urib, 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Ammo VAR referisi bosh hakam Luka Perottoga murojaat qilib, uni videolavhani kuzatishga chaqirdi. To‘p kiritilishida hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmagani ayon edi, ammo hakam mezbonlar gol bilan yakun topgan qarshi hujumga o‘tishdan oldin o‘z jarima maydonida fol ishlatishganini qayd etdi va golni bekor qilib, SPAL darvozasiga penalti belgiladi. Mehmonlar a'zosi 11 metrlik nuqtada adashmadi va tablodagi 2:1 hisobi o‘rnini 1:2 egalladi.

Bundan ruhi tushib ketgan SPAL o‘yin oxiriga qadar yana 2ta gol o‘tkazib yubordi va 1:4 hisobida yutqazdi.

Ko‘proq yangiliklar: