GM Uzbekistan'ga xomashyo yetkazib beruvchi Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushadi

O‘zbekiston 12:24 / 18.02.2019 13678

Joriy yil yakuniga qadar Toshkent metallurgiya zavodi foydalanishga topshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 286 million yevrodan oshiq bo‘lib, faqat 60 million yevro maxsus texnika vositalari montaji uchun sarflandi, deb xabar bermoqda korxona texnik direktori Valeriy Osin. 

«Oldimizda aniq vazifa turgan edi — ikki yil ichida zavod qurilishini tugallash va uni foydalanishga topshirish zarur bo‘lgan. Loyihani moliyalashtirish manbalari etib, xorijiy investitsiya, «Asaka» ATB kreditlari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, «Asaka» ATB va Sanoatqurilishbank orqali o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan «Roseksimbank» AJ kreditlari tanlangan. 

Rossiya moliya institutlari bilan ishlashda dangal bitta majburiyat paydo bo‘ladi — Rossiyada ishlab chiqarilgan texnikalar xarid qilinishi kerak. Shuning uchun yordamchi ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan maxsus texnika Rossiyadan keltirildi», — deydi direktor.

Ma'lum qilinishicha, TMZ rahbariyati ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan GM Uzbekistan avtokorxonasi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 20 foizi eksportga yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: