Erkinjon Turdimov 19 fevral kuni Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazadi

Jamiyat 10:50 / 18.02.2019 7902

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 19 fevral kuni Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazadi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 19 fevral kuni soat 09:00dan boshlab, viloyat hokimi rahbarligidagi barcha viloyat tashkilotlari Payariq tumani, Qumchuq mahallasi, O‘yingoh ko‘chasi 19-uyda joylashgan «Payariq tuman 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi» binosida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Ushbu manzilga keladigan murojaatchilar o‘z muammolari, taklif va mulohazalarini viloyat hokimiga bildirishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: