Erdo‘g‘an AQShni Suriyadagi kurd guruhlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi

Jahon 20:40 / 18.02.2019 5056

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Burdur shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda AQShni Suriyadagi kurdlarning “Xalq mudofaasi kuchlari” guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qildi.

"Sizlar terrorchilarga Iroq orqali taxminan 23 ming yuk mashinasida qurol jo‘natdingiz. Ammo sizlarga qurol masalasida murojaat qilganimizda bizga hattoki sotmadingiz. Bu qanaqa Shimoliy Atlantika alyansi, bu NATO doirasidagi qanaqa hamkorlik?" – deya iqtibos keltirdi Anadolu Ajansı Erdo‘g‘anning so‘zlaridan. 

Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Anqara "AQSh bilan Suriyaning Manbij shahri bo‘yicha shartnomaning bajarilishini kutayotganini" aytdi. 

"Bu hudud terrorchilardan tozalanishi, uni boshqarish esa mahalliy aholiga berilishi lozim", - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: