«Bunyodkor» sardori ham jamoani tark etdi. U endi Koreyada o‘ynaydi

Sport 16:58 / 18.02.2019 18727

Toshkentning «Bunyodkor» klubi yetakchilari ketma-ket jamoani tark etishda davom etishmoqda. Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov kabi yetakchilardan so‘ng jamoa sardori Javlon Ibrohimov ham «qaldirg‘ochlar» safidan rasman ketdi.

Uzoq yillardan buyon «Bunyodkor» tayanch yarimhimoyasining asosiy vakili bo‘lib kelayotgan Javlon Ibrohimov Janubiy Koreya quyi divizionining «Suvon» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda koreys klubi rasmiy sayti xabar qilgan.

Qayd etish kerakki, bu Koreya futbolining yetakchi klublaridan bo‘lgan «Suvon Samsung Blyuvingz» klubi emas, quyi liga vakili bo‘lgan boshqa «Suvon»dir.

Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan Ibrohimov yangi jamoasida 70-raqamda o‘ynaydi. Shartnoma shartlari va bandlari ochiqlanmagan. Ibrohimov oldinroq «Bunyodkor»dan ketgani aytilgan va unga O‘zbekistondan ham takliflar bo‘layotgandi, lekin u Koreyaga ketishni ma'qul ko‘rdi.

Shu tariqa, ayni damda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonlik legionerlar soni uch nafarga yetdi. Oldinroq Rustam Ashurmatov «Gvanju»ga, Ikrom Aliboyev esa «Seul»ga o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: