BAA 1,5 mlrd dollarga Patriot raketa tizimlarini sotib oldi

Jahon 19:57 / 18.02.2019 11365

Birlashgan Arab Amirliklari qurolli kuchlari Abu-Dabidagi IDEX 2019 ko‘rgazmasi davomida 1,5 mlrd dollarga Amerikaning Patriot zenit-raketa tizimlarini sotib oldi, deb xabar berdi TASS.

"BAA harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa kuchlari manfaatlari uchun Amerikaning Raytheon kompaniyasi bilan Patriot zenit-raketa majmualarini sotib olish uchun 5,729 mlrd dirhamga teng shartnoma imzolandi", - dedi BAA qurolli kuchlari brigada generali Muhammad Hamis al-Hasaniy.

Avvalroq ko‘rgazmaning birinchi kunida Raytheon kompaniyasidan Patriot tizimi uchun qiymati 1,307 mlrd dirhamlik ($356,1 mln) zenit raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: