Shimoliy Koreyada Kim Chen Irning 77 yillik tavallud ayomi keng nishonlandi

Jahon 08:50 / 17.02.2019 10172

Shimoliy Koreyada mamlakatning sobiq yetakchisi, amaldagi rahbari Kim Chen Inning otasi Kim Chen Irning 77 yillik tavallud ayomi – Porloq yulduz kuni keng nishonlandi. Bayram tantanalari mamlakat rahbariyati uchun bayram konserti bilan yakunlangan.

16 fevralda Shimoliy Koreyaning barcha shaharlarida nishonlangan bayramda maydonlarda xalq sayllari va raqslar tashkillashtirildi. Pxenyanda asosiy tantanalar mamlakatning sobiq yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning ulkan haykallari o‘rnatilgan Mansude tepaligida o‘tgan. Kun davomida bu yerga minglab shimoliy koreyaliklar avtobuslarda keltirilib, sobiq yetakchilar haykallari poyiga gullar qo‘yishgan.

Mamlakat yetakchisi Kim Chen In ertalabdan Kimsusan saroyiga tashrif buyurib, otasi xotirasini yod etgan. Bu yerdagi zallardan birida marhum rahbarning ko‘plab mukofotlari, orden va medallari namoyishga qo‘yilgan. Kim Chen Ir Shimoliy Koreyaning 4 karra qahramoni hisoblanadi, unga o‘limidan keyin generalissimus harbiy unvoni berilgan.     

Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabrda mamlakat bo‘ylab navbatdagi safari vaqtida maxsus poyezdda vafot etgan. Ayni vaqtda uning mumiyolangan jasadi shaffof tobutda Kimsusan yodgorlik majmuasida saqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: