«Real» o‘z uyida katalonlarga yutqazdi

Sport 18:00 / 17.02.2019 19459

Ispaniya La Ligasida 24-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Kunning ilk o‘yini Madridda kechib, «Real» o‘z uyida Kataloniyaning «Jirona»siga mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochildi: 25-daqiqada Toni Kroosning pasidan keyin Kazemiro gol muallifi bo‘ldi. Ammo ikkinchi bo‘limda vaziyatlardan unumliroq foydalangan «Jirona» g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. Dastlab 65-daqiqada penaltidan Kristian Stuani, o‘n daqiqa o‘tib mezbonlarning maydon markazidagi xatosidan keyin boshlangan qarshi hujum yakunida Portu mezbonlar darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining «Santyago Bernabeu»dan irodali g‘alaba bilan qaytishiga zamin yaratishdi.

O‘yin oxirida madridliklar sardori Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydonni ertaroq tark etdi.

Shu tariqa, «qirollik klubi»ning chempionatdagi g‘alabali seriyasi yakunlandi, Solari shogirdlari besh o‘yindan buyon faqat g‘alaba qozonib kelayotgan, xususan, o‘tgan turda «Atletiko»ni mag‘lub etib, uzoq tanaffusdan so‘ng 2-o‘ringa ko‘tarilib olgandi. Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa yana uchinchi pog‘onaga qaytdi. Jironaliklar klubi esa 11 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasini yakunlab, 17-o‘rindan 15-pog‘onaga yuqoriladi.

«Real» keyingi turda «Levante» maydoniga safar qiladi, uchrashuv 24 fevralga belgilangan. Bu o‘yindan bir kun o‘tib «Jirona» o‘z uyida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.

Ispaniya chempionati
24-tur
Real – Jirona 1:2

Gollar: 1:0 – 25 Kazemiro, 1:1 – 65, penalti Stuani, 1:2 – 75 Portu.
Real – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalos (Dias, 74), Kazemiro, Vaskes (Vinisius Junior, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema.
Jirona – Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Fernandes, 84), Pons (Aleish Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.
Ogohlantirishlar: Losano (48), Ramos (64), Alkala (86), Kazemiro (88).
Chetlatish: Ramos (90, 2SK)

20:15. Valensiya – Espanol
22:30. Vilyarreal – Sevilya
00:45. Betis – Alaves

18 fevral (Toshkentda 19 fevralga o‘tar kechasi)
01:00. Ueska – Atletik

Ko‘proq yangiliklar: