Poroshenko ukrainalik harbiylar otishmalarni to‘xtatsa nima bo‘lishini aytdi

Jahon 18:40 / 17.02.2019 16159

Agar ukrainalik harbiylar otishmalarni to‘xtatsa, “Ukraina bo‘lmaydi”. Bunday fikrni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Ba'zilar Ukraina va Rossiya otishni to‘xtatishi kerak, deb aytmoqdalar. Agar Rossiya otishni to‘xtatsa, tinchlik bo‘ladi. Agar Ukraina otishni to‘xtatsa, Ukraina bo‘lmaydi”, deb aytgan Poroshenko va “Rossiya tajovuzi” nafaqat Ukrainaga, balki boshqa davlatlarga tahdid solayotganini qo‘shimcha qildi.

Poroshenko Yevropa davlatlari yaqin orada Boltiq dengizida “rus hujumi” qurboni bo‘lishlari mumkinligini aytgan.  

31 mart kuni Ukrainada prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.  

Ko‘proq yangiliklar: